Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlarini, shuningdek, xalqaro tashkilotlar rahbarlarini Rojdestvo bayrami va yaqinlashib kelayotgan Yangi 2022-yil bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tabriklab, kelgusi 2022-yilda ham ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari boʻyicha samarali muloqot va yaqin hamkorlikdagi ishlar davom etishiga umid bildirdi.
Bu, shubhasiz, doʻst Rossiya va Oʻzbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga hamohangdir, — dedi Putin.
Bundan tashqari, Rossiya rahbari Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Moskvaga tashrifi Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik mustahkamligini tasdiqlagani, yangi istiqbolli qoʻshma loyihalar va hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash imkonini berganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring