Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 7-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalda tatbiq etishning borishi, ikki davlat rahbarlari tomonidan hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qildilar.
Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi loyihasini amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish, jumladan, uning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi konstruktiv muloqotni chuqurlashtirish, Tashkilotning joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Sammitiga tayyorgarlikning borishi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Vazirlar mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, Afgʻonistonda barqaror tinchlikka erishish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklash boʻyicha oʻzaro hamkorlik mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring