Vena shahrida yosh xotin-qizlarning tinchlik tashabbuslari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Kozixonova Vena shahrida “Yosh xotin-qizlar tinchlik uchun: Markaziy Osiyo yosh xotin-qizlarining imkoniyatlarini kengaytirish” tashabbusi (YW4P) yakuniy sessiyasida ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) delegatsiyalari aʼzolari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari aʼzolari ishtirok etdi.
Unda yosh xotin-qizlarning mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash va jamiyatda xotin-qizlarning roli haqida maʼruzalar eshitildi. Ishtirokchilar YW4P tashabbusining dolzarb yoʻnalishlari va natijalarini atroflicha muhokama qildi.
Shuningdek, davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan yosh xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, huquqiy bazani takomillashtirish va moliyaviy yordam koʻrsatish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Senator Oʻzbekistonda yosh xotin-qizlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Jumladan, mamlakatimizda 2022 yilda “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” milliy harakati rejasi tasdiqlandi. Respublika Gender komissiyasi tuzildi, mahallalarda esa 9,4 mingdan ortiq ayollar faoli va yoshlar yetakchisi lavozimlari joriy etildi.
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida har yili koʻplab xotin-qizlar rahbarlik faoliyatiga tayyorlanmoqda. Ayni vaqtda rahbarlik lavozimlarida ularning ulushi 35 foizga yetgan.
Sessiya ishtirokchilari davlatlar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida mustahkam hamkorlikni rivojlantirish va YW4P tashabbusini yanada kengaytirish zarurligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring