Vazir xalqaro fan olimpiada gʻoliblarini taqdirladi

9-sentabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2022-2023 oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab vaziri Hilola Umarova, olimpiada gʻoliblari, ularning oʻqituvchilari hamda hukumat vakillari ishtirok etdi.
Oʻtgan oʻquv yilida Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Shveysariya, Vengriya davlatlarida boʻlib oʻtgan nufuzli xalqaro olimpiadalarda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza, jami 13 ta medallar qoʻlga kiritilib, oʻquvchilarimiz tomonidan tarixiy gʻalabalarga erishildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga muvofiq oltin medalni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln soʻm), ustoziga 450 baravari (148,5 mln soʻm); kumush medal uchun — oʻquvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln soʻm), ustoziga 250 baravar (82,5 mln soʻm), bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln soʻm), ustoziga 150 baravar (49,5 mln soʻm) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada gʻoliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida oʻqishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring