Vatan himoyasi – muqaddas burch
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qarshi shahrida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda harbiy qism va muassasalarga tegishli harbiy texnikalar karvoni shahar koʻchalari boʻylab harakatlandi.

Tepasida yurtimiz bayrogʻi hilpiragan, turli-tuman koʻrinishdagi, har xil vazifalarni bajaruvchi bu qudratli texnikalar shahar va viloyat markaziga yaqin tumanlar aholisi, voha mehmonlarida katta taassurot qoldirdi. Tadbirning ikkinchi qismi viloyat musiqali drama-teatri oldidagi ochiq maydonda sanʼat ustalari hamda harbiy orkestr tomonidan namoyish etilgan galakonsert, harbiy xizmatchilarning turli jangovar elementlarni oʻzida mujassam etgan koʻrgazmali chiqishlari bilan davom etdi.

— Bunday tadbirlar yoshlarda harbiy vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari Komila Karamova. — “Vatanparvarlik oyligi”ni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha barcha masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda keng qamrovli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqanmiz. Uning doirasida tuman shahar markazlarida harbiy paradlar, jangovar qurol-aslahalar koʻrgazmalari, taʼlim muassasalarida vatanparvarlik darslari, uch avlod uchrashuvlari oʻtkazilmoqda. Shuningdek, “Askar onalarini sharaflaymiz”, “Farzandim vatan himoyachisi” kabi qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini yanada mustahkam boʻlishiga katta hissa qoʻshmoqda.


Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring