Uzun tumanida “Askar onalarini sharaflaymiz” tadbiri oʻtkazildi
Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan Uzun tumanida “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarning ota-onalari ishtirok etib, ular bilan samimiy diydorlashuv oʻtkazildi. Shuningdek, farzandlarning xizmat davomida erishayotgan yutuqlari, intizomi va masʼuliyati aks etgan lavhalar namoyish etildi.
— Farzandimni harbiy libosda, intizomli va masʼuliyatli holda koʻrish men uchun katta baxt, — deydi askar onasi Munisa opa Berdiyeva. — Uning Vatanga sidqidildan xizmat qilayotganidan faxrlanaman. Bunday eʼtibor va eʼzoz uchun barchaga chin dildan minnatdorman.
Tadbir davomida farzandlarining mard, jasur va Vatanga sodiq yigitlar boʻlib kamol topayotganini koʻrgan onalarning chehrasida quvonch, otalarning koʻksida esa faxr tuygʻulari aks etdi. Fidoyi va yurtparvar yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalarga, ayniqsa, askar onalariga samimiy minnatdorlik soʻzlari bildirildi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring