“UzTest”da katta oʻgʻirlik sodir boʻldi
Kecha, 8-iyul kuni OʻzA Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi — “UzTest” Buxoro viloyati hududiy filialida katta oʻgʻirlik sodir boʻlgani haqida xabar tarqatdi. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Bildirilishicha, haqiqatan ham “UzTest” Buxoro hududiy filialida qiymati 150 million soʻmlik “Tormoznoy stend” sinov uskunasi hamda 250 million soʻmlik gazballonlarni oʻlchash vositalari oʻgʻirlangan.
Mazkur holat agentlikning Komplaens nazorat boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan va bu haqda hujjatlar 2024-yilning noyabr oyida Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan. Maʼlum qilinishicha, aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Markaz tomonidan yuqoridagi holatlarga oid surishtirish ishlari yakunlangach qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, OʻzA xabarida Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida (“UzTest”) 6 mlrd soʻm mablagʻni maqsadsiz sarflab yuborilgani ham qayd etilgan. Agentlik bu maʼlumotlar xususida ham toʻxtalib, “bu xabarlar hech qanday haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va mutlaqo asossiz” ekanini taʼkidladi.
Qayd etilishicha, agentlik Komplaens nazorati boʻlimi tomonidan tizim tashkilotlari, shu jumladan, Markazning moliyaviy faoliyati ustidan doimiy monitoring oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring