“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi
“Uzbekistan Airways” Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniya oʻzining rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, “Uzbekistan Airways” 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.
“Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Eron havo hududidan foydalanish boʻyicha cheklovlar tufayli kompaniya iyun oyi oxirigacha Toshkentdan Dubay va Sharm al-Shayxga va ortga parvozlar jadvaliga ham oʻzgartirishlar kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring