«Uzbekistan Airports»ga boshqaruv raisi tayinlandi

18:07 21 Iyun 2024 Jamiyat
447 0

Javlonbek Umarxodjayev «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda jamiyatning rasmiy sahifalarida xabar berildi.

Qayd etilishicha, u 2023-yil 9-avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilgan edi.

Javlonbek Umarxodjayev mehnat faoliyatini 2008-yilda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» Milliy aviakompaniyasida boshlagan. 2009-2018-yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. 2018-2021-yillarda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning «Toshkent-Sharq» loyihasini amalga oshirish boʻyicha kapital qurilish direksiyasi boshligʻi oʻrinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021-2023-yillarda «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?