“UzAuto Motors” AJ shu yilning birinchi choragida ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini oshirdi
“UzAuto Motors” AJ 2022-yilning 1-choragida barcha belgilangan ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini bajarishga erishib, samarali natijalarni qayd etdi.
Kompaniya 2022-yilning 1-choragida Asaka va Xorazmdagi zavodlarida jami 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishdi.
Shu bilan birga, Asaka zavodida 1-chorakda 19 192 dona Cobalt va 19 439 dona Lacetti avtomobil modellari ishlab chiqarildi. Xorazmdagi zavodida ushbu davr mobaynida 17668 dona “Damas” va 3540 dona “Labo” rusumli avtomobillar ishlab chiqarildi.
Taʼkidlash joizki, UzAuto Motors 1-chorakda Asakadagi zavodda asosiy ishlab chiqarishni toʻxtatmagan holda, yangi “Tracker-2” avtomobilini ham sinov tariqasida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring