“Ustoz-shogird anʼanasi etadi davom” nomli hisobot konsert dasturi boʻlib oʻtdi
“Turkiston” sanʼat saroyida “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan tashkil etilgan “Ustoz-shogird anʼanasi etadi davom” deb nomlangan hisobot konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xabar berdi.

Soʻnggi yillarda barcha sohalar qatori yurtimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish borasida koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi hamda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan ustoz-shogirdchilik anʼanalarini davom ettirish, yosh isteʼdodlarni kashf etish va ularning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, shoir, bastakor va xonanda ijodiy uchligining hamkorligini rivojlantirish, sanʼat olamida yangi qoʻshiqlar yaratilishini ragʻbatlantirish borasida doimiy ravishda ish olib borilmoqda.

Hisobot konsert dasturi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan bir qator ustoz sanʼatkorlar va yosh ijodkorlar “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Mazkur dasturda Oʻzbekiston xalq artistlari Munojot Yoʻlchiyeva, Xayrulla Lutfullayev, Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Abduhoshim Ismoilov, Zulayho Boyxonova kabi ustoz sanʼatkorlar oʻzlari eʼtirof etgan yosh xonandalar va shogirdlari bilan birgalikda sahnaga chiqishdi hamda ramziy maʼnoda ularning kelgusi ijodiy yoʻllariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Bundan tashqari, mazkur dasturda yil davomida Muassasa tomonidan tashkil etilgan kastinglarda saralab olingan isteʼdodli yoshlar ham ilk marotaba katta sahnaga chiqishdi.
Shuningdek, konsertda Zohirshoh Joʻrayev, Qilichbek Madaliyev, Jaloliddin Ahmadaliyev, Yorqinxoʻja Umarov, “Benom” guruhi kabi bir qator estrada xonandalari tomonidan ustozlarga ehtirom koʻrsatildi.

Dastur davomida yangragan qoʻshiqlar va sahnalashtirilgan chiqishlar muxlislarga bayramona kayfiyat taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring