Ushalayotgan orzular quvonchi

16:14 04 Mart 2026 Jamiyat
393 0

Muhtaram Yurtboshimizning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan fidoyi ayollarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq, davlatimizning yuksak mukofoti — “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganim hayotimda unutilmas kun boʻldi.

Bilasizmi, ajdodlar merosini davom ettirish, uni asrab-avaylash kishiga ruhiy quvvat, ilhom, baraka keltiradi. Bu borada boysunlik ayollarning shijoati baland. Qadim anʼanalarga hurmatimiz yuksak. Ayniqsa, Gaza mahallasi haqiqiy maʼnoda hunarmandlar maskani, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Shu boisdan boʻlsa kerak, hayotimiz farovon, tunlarimiz charagʻon.

Boysunning oʻziga xos milliyligi, anʼanalari bor. Ana shulardan biri kashtadoʻzlik va milliy liboslar tikish menga momomeros hunar. Mamlakatimizda ayollar tadbirkorligiga boʻlgan yuksak eʼtibor va qoʻllab-quvvatlashlardan foydalanib, “Dreamʼs Shahrinaz” oilaviy korxonamizni yoʻlga qoʻydim. Bugungi kunda “Ayollar daftari”da turgan yigirma besh nafar ishsiz xotin-qizlarni kashtadoʻzlik va milliy liboslar tikish ishlariga jalb qilib, ularning bandligini taʼminladim. Bugungi kunda ellik nafardan ortiq shogirdlarim mustaqil ish olib bormoqda. Shu mehnatlarim davlatimiz rahbari tomonidan eʼtirof etilgani oʻz kasbimga boʻlgan mehrimni yanada mustahkamladi. Rosti, bundan nafaqat men, farzandlarim, jamoamiz, shogirdlarim, mahalladoshlarim xursand boʻlishdi. Endi avvalgidan-da sergʻayrat boʻlib, mehnat qilishimga, qadim anʼanalarimizni targʻib qilib, unutilib ketayotgan koʻhna hunarlarga jon kiritib, kelgusi avlodga boy meros qoldirishga harakat qilaman.

Nilufar JOʻRAYEVA,

“Dreamʼs Shahrinaz” MCHJ rahbari.

(Surxondaryo viloyati)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер