“Urush soyasi Yevropa eshigini taqillatmoqda” — Buyuk Britaniya mudofaa vaziri
Foto: AP
Buyuk Britaniya harbiy rahbarlari payshanba kuni mamlakat qurolli kuchlariga misli koʻrilmagan darajada tahdid borligini batafsil bayon qilib, Yevropa urushga tayyor boʻlishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Politico” nashri xabar bermoqda.
“Urush soyasi Yevropa eshigini taqillatmoqda”, — degan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri El Karns. Shu oʻrinda u NATO ittifoqchilarini Rossiyaga javob berishga tayyor boʻlishga chaqirgan.
Harbiy amaldorining soʻzlariga koʻra, Yevropa endi “tanlov urushlari”ga emas, balki koʻp sonli insoniy yoʻqotishlar bilan birga keladigan “zaruriy urushlar”ga duch kelmoqda. Shu oʻrinda u Rossiyani Ukrainaga bostirib kirishini misol qilib keltirgan.
Taʼkidlanishicha, Britaniya harbiy xizmatchilari va mulkiga qarshi dushmanona razvedka faoliyati soʻnggi bir yil ichida 50 foizdan koʻproqqa oshgan.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosi Uchinchi jahon urushiga aylanishi mumkinligini aytgan edi.
“Men boshqa kuni aytgan edimki, agar hamma bu oʻyinlarni oʻynashda davom etsa, sizlar Uchinchi jahon urushiga duch kelasizlar”, — degan edi Tramp. Oq uy rahbari shu oʻrinda AQSH bunday boʻlishini istamasligini qoʻshimcha qildi.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte esa 11-dekabr kuni “biz bobolarimiz va katta bobolarimiz boshidan kechirgan urushga tayyorgarlik koʻrishimiz kerak” dedi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring