Urgutda turistik-rekreatsion zona direksiyasi tashkil etiladi

18:04 25 Noyabr 2025 Siyosat
226 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Urgutga yil boshidan 500 ming xorijiy va 1 million mahalliy sayyoh keldi. Bu haqda Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qilindi.

Tadbirkorlar Zarafshon togʻ tizmasida joylashgan “Qortogʻ” zonasida 600 gektar maydonda turizm zonasi tashkil etish tashabbusini bildirgan.

Yoki, “Qoratepa” suv ombori atrofida kemping va kapsula uylar qurib, “Eko shaharcha” barpo etilsa, turistlarga yil 12 oy xizmat koʻrsatadigan maskanga aylanadi.

Shu bois, mutasaddilarga Urgutda turistik-rekreatsion zona direksiyasini tashkil etish, master-reja ishlab chiqib, lotlarni savdoga chiqarish topshirildi. Ushbu loyihaning infratuzilmasi uchun 50 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Urgutdagi yondashuvlar asosida yana 245 million dollarlik loyihalar hisobiga 8 ta tumanda 15 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Umuman, kelasi yil 600 million dollarlik turizm loyihalarini boshlab, kamida 35 ming aholini band qilish zarurligi qayd etildi.

Urgutdagi mahallalar infratuzilmasiga kelasi yil 260 milliard soʻm ajratilishi eʼlon qilindi.

Misol uchun, Urgutdagi Tinchlik mahallasi hududidan logistika markazi qurish uchun 5 gektar joy ajratilib, 5 milliard soʻmlik infratuzilma qilib berilsa, 100 ga yaqin doʻkon, oshxona va servis obyektlari quraman, degan urgutliklar koʻp.

Tuman markazidagi 1,5 kilometrli “Navoiyshoh” koʻchasini tunu-kun ishlaydigan maskanga aylantirish orqali 60 ta savdo-servis obyekti tashkil qilib, 500 nafar odamni ishli qilish mumkin.

Shuningdek, tumanning 8 ta mahallasi infratuzilmasini yaxshilashga Islom taraqqiyot bankidan 10 million dollar jalb qilinmoqda. Bundan tashqari, Tojikiston bilan chegaradosh 15 ta mahallada mehmon uyi va dam olish maskani qurishga 10 milliard soʻm resurs yoʻnaltirilmoqda.

Umuman, 2026-yilda viloyatdagi mahallalarda savdo va servis hisobidan 40 ming ish oʻrni yaratish muhimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер