Urgut tumani sudining raisi avtohalokat oqibatida vafot etdi

11:58 18 Iyun 2025 Jamiyat
359 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamovning avtohalokatga uchrab vafot etgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi.

Bildirilishicha, 2025-yil 17-iyun kuni soat 20:30 larda Urgut tumani Bogʻishamol mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-47 avtomobil yoʻlining 61 kilometrida “Kamaz- 53212” rusumli yuk avtomashinasi va “Nexia 3” rusumli yengil avtomashina toʻqnashuvi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Mazkur YTH oqibatida “Nexia 3” rusumli yengil avtomashinasida boʻlgan 1986-yilda tugʻilgan fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudining raisi T. Rustamov olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan.

“Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер