Urganchda ayol pul sababli dugonasini boʻgʻib oʻldirdi
Urganch shahrida (Xorazm viloyati) ayol tanishini oʻldirdi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.
Voqea 17-aprel kuni Hamjihatlik mahallasida sodir boʻlgan. Aniqlik kiritilishicha, 38 yoshli fuqaro 49 yoshli dugonasiga qoʻngʻiroq qilgan va uni mehmonga chaqirgan.
Uyda ular oʻrtasida pul masalasida janjal kelib chiqqan. Natijada uy egasi mehmonni roʻmol bilan boʻgʻib oʻldirgan.
Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi jasadni oʻz uyi hovlisiga koʻmgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi qoʻlga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring