Urganch shahri, Qoʻshkoʻpir va Urganch tumani hokimlari uchun bu yil sinov boʻlishi qayd etildi

Oʻtgan yilgi investitsiyalarning yarmidan koʻpi Urganch shahri, Qoʻshkoʻpir va Urganch tumaniga toʻgʻri kelgan.
Lekin infratuzilmasi yaxshi Gurlanda atigi 40 million dollar, 250 gektardan ortiq sanoat zonasi boʻlgan Hazoraspda 30 million dollar, 2 mingdan ortiq tadbirkori boʻlgan Xonqada 10 million dollar investitsiya boʻlganiga eʼtiroz bildirildi.
Shu bois, bu tuman hokimlari oʻzgartirilgan edi. Yangi rahbarlar uchun bu yil sinov boʻlishi qayd etildi.
Qoʻshkoʻpirdagi 175 gektarda “Oʻzbekiston – Xitoy texnoparki” tashkil qilinmoqda. Bu yerda 1 milliard dollarlik 16 ta investitsiya loyihalari boʻladi.
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida ham barcha sharoiti boʻlgan tayyor yer boʻsh turibdi. Bu yerga yuqori qoʻshilgan qiymat beradigan loyihalarni joylashtirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Yaqin yillarda mis ishlab chiqarish 2 karra oshishi kutilmoqda. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib, misdan eksportbop tayyor mahsulot chiqaradigan yangi quvvatlar yaratish lozimligi qayd etildi. Chunki Xorazm Yevropa bozoriga chiqishda qulay logistikaga ega.
Viloyatda xuddi Ohangarondagi kabi misni qayta ishlash klasteri tashkil qilinishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring