Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar qoldirilishi mumkin

16:16 11 Dekabr 2023 Dunyo
386 0

Illyustrativ foto

Ukrainaning qoʻshilishi boʻyicha Yevropa Ittifoqi muzokaralari kelasi yilning mart oyiga qoldirilishi mumkin.

Agar Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 14-15-dekabr kunlari Bryusselda boʻlib oʻtadigan sammitda bunga rozilik bermasa, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi (YI)ga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar kelasi yilning mart oyiga qoldirilishi mumkin.

Bu haqda “Euractiv“ portali diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda. Muzokaralarni kechiktirish qarori YI uchun murosa variantiga aylanishi mumkinligini taʼkidladi.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari 14-15-dekabr kunlari Bryusselda boʻlib oʻtadigan sammitda Kiyevga 50 milliard yevro miqdorida iqtisodiy yordam koʻrsatish, Ukraina qurolli kuchlar uchun qoʻshimcha 20 milliard yevro ajratish boʻyicha qaror qabul qilishadi va mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralarni boshlaydilar.

Agar Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralarga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rozilik bildirmasa, bu masala kelasi yilning mart oyiga qoldirilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер