Ukrainadan qaytgan talabalar oʻzimizdagi oliygohlarda oʻqishini davom ettiradi
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari yana bir dolzarb masalaga toʻxtaldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Bugungi kunda Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz taʼlim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni koʻrayapmiz”, dedi Prezident.
Ushbu talabalarning aksariyati tibbiyot, transport, aviatsiya, iqtisodiyot, muhandislik, IT yoʻnalishlarida oʻqishmoqda.
Oliy taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, viloyat hokimlari boshchiligida komissiya tashkil etilishi belgilandi.
Komissiya bir hafta muddatda Ukrainadan qaytgan talabalarni oʻzimizdagi oliygohlarda oʻqishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.
Bunda, Komissiya oʻqishni Oʻzbekistonda davom ettirish istagi boʻlgan talabalarni soddalashgan tartibda koʻchirishni hal etadi.
Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha rahbarlari va hokimlarning axboroti tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring