Ukraina yetakchisi ikki nafar vazirni ishdan olishni talab qildi — BILD
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy energetika va adliya vazirlarini ishdan boʻshatishni talab qildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Vladimir Zelenskiy mamlakat energetika sohasidagi korrupsiya mojarosi fonida adliya vaziri German Galuщyenko va energetika vaziri Svetlana Grinchukning isteʼfosini talab qilmoqda.
Ukraina yetakchisining soʻzlariga koʻra, Galuщyenko va Grinchuk endilikda oʻz lavozimlarini qayta egallay olmaydi.
“Bu ishonch masalasidir. Agar ayblovlar tasdiqlansa, ular buning javob berilishlari kerak”, — deydi Zelenskiy.
Maʼlum boʻlishicha, kecha, 12-noyabr kuni German Galuщyenko adliya vaziri lavozimidan chetlashtirilgan va uning uyida “Energoatom” kompaniyasidagi korrupsiya ishi boʻyicha tintuv oʻtkazilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning doʻsti va “Kvartal 95” studiyasi rahbari hisoblangan tadbirkor Timur Mindich ham mazkur korrupsiya ishi boʻyicha ayblanmoqda. Bildirilishicha, ayni vaqtda Timur Mindich Ukrainani tark etishga muvaffaq boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring