Ukraina AQSH tufayli boshqa ittifoqchilaridan ham yordamni yoʻqotishi mumkin

Arxiv foto
Ukraina AQSH yordami kamayganligi sababli ayrim yevropalik ittifoqchilarning qoʻllab-quvvatlashidan mahrum boʻlishi mumkin. Bu haqda “Reuters” agentligi oʻz manbasiga tayanib xabar tarqatdi.
“Manbaning taʼkidlashicha, Ukraina nafaqat sanksiyalar boʻyicha muvaffaqiyatsizliklar va AQSH yordamining qisqarishi, balki boshqa baʼzi Yevropa ittifoqchilarining qoʻllab-quvvatlashidan ham mahrum boʻlish xavfi bor”, — deyiladi agentlik materialida.
2024-yil uchun rekord darajadagi 43,9 milliard dollarlik byudjet kamomadiga duch kelgan Ukraina moliyaviy ehtiyojlarining muhim qismini qoplash uchun xalqaro hamkorlar yordamiga tayanishda davom etmoqda.
Ayni paytda Gʻarbda yangi yordam paketlarini ajratish uzoq davom etgan muhokamalardan soʻng amalga oshirilmoqda. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Ukrainadagi missiyasi rahbari Gevin Grey avvalroq Kiyevga xalqaro koʻmak vaqt oʻtishi bilan susayishini va mamlakat rasmiylari oʻz-oʻzini moliyalashtirish uchun ichki resurslarni rivojlantirishi kerakligini taʼkidlagan edi. Oʻz navbatida, prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainaning oʻz qurollarini ishlab chiqarish uchun mablagʻ yoʻqligi va Gʻarb yordamining sekin oqimidan shikoyat qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring