Uchqoʻrgʻonda koʻp qavatli uylar uchun zamonaviy gaz taʼminoti yechimi joriy etilmoqda
Maʼlumki, amaldagi meʼyoriy-huquqiy talablarda koʻp qavatli turarjoy binolarida propan gazdan foydalanishga ruxsat etilmasligi belgilab qoʻyilgan. Namangan viloyatining olis Uchqoʻrgʻon tumanida ham bu holat aholi uchun gaz taʼminotida muayyan noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ayni sohadagi vaziyatni yumshatish maqsadida tumanda Yaponiyaning “Ito f system” kompaniyasi va “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali hamkorligida yangi texnologik yechimlar asosidagi loyihani amalga oshirishga kirishildi. Unga koʻra, propan gazni maxsus uskunalar orqali qayta ishlab, tabiiy gazga oʻxshash tarkibga keltiruvchi xavfsiz va ekologik texnologiya joriy etilishi koʻzda tutilgan.

— Dastlabki bosqichda Uchqoʻrgʻon shahrida joylashgan 10 ta koʻp qavatli turarjoy binosidagi yuzta xonadonga arzon va qulay yoqilgʻi Yaponiya texnologiyasini qoʻllangan holda yetkazila boshlandi, — deydi gaz taʼminoti boʻyicha tuman idorasi boshligʻi Jahongir Mahmudov. — Quvvatlantirilgan propan gazi foydalanish koeffitsiyentining yuqoriligi bilan isteʼmolchilarga maʼqul tushmoqda.
Aytish kerakki, yangilik tabiiy gaz taʼminoti yetarli boʻlmagan Uchqoʻrgʻon tumanida aholi uchun katta qulaylik yaratadi. Yaqin kunlar ichida bu yerda yana 10 ta koʻp qavatli turarjoy binolari markaziy tarmoq bilan bogʻliq boʻlmagan gaz taʼminotidan bahramand boʻladi. Shu tariqa aholi uchun jiddiy muammoga aylangan masala bosqichma-bosqich yechimini topadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring