Uch yashar qizini ayiqlar qafasiga tashlagan ona haqidagi tafsilotlar maʼlum boʻldi
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Toshkent hayvonot bogʻida oʻz qizini ayiq qafasiga tashlab ketgan ona haqidagi yangi tafsilotlarini aniqladi.
Vazirlik ayolning turmush oʻrtogʻi Rossiyaga ishlash uchun ketgani sababli tushkunlikka tushganini aniqladi.
Maʼlumotlarga koʻra, ayol eri va ikki farzandi bilan yashagan. Mahalla raisi ajralish arafasida turgan turmush oʻrtoqlarni yarashtirishga bir necha bor uringan.
Ilgari ayol poytaxt universitetlaridan birida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Shundan soʻng 2021-yildan “Ayollar daftari”ga kiritilib, uy-joy va ajrashish boʻyicha zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Homiylik hisobidan uning oilasiga ikki marta oziq-ovqat yetkazib berilgan.
Ayni damda jabrlangan bolaga barcha zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring