Uch hududda 430,2 million soʻmlik energiya resurslari talon-taroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro F.X. kompyuter oʻyinlarini tashkil etgan binoda elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 207,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Margʻilon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro M.S. “Rohat” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 117,9 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, departamentning Nukus shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.R.” MCHJ masʼul shaxslari “Yoshlar istirohat” bogʻining qurilish ishlarida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 106,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring