Turkiyada “Alisher Navoiy kulliyoti” nomli koʻrgazma ochildi
Turkiya qoʻlyozmalari jamiyati tomonidan Sulaymoniya qoʻlyozma kutubxonasida “Alisher Navoiy kulliyoti” koʻrgazmasi ochildi.
Jamiyat rahbari, doktor Joshkun Yilmaz koʻrgazmaning ochilishida soʻzga chiqib, muassasa tomonidan qoʻlyozmalar boʻyicha turli dasturlar tashkil qilingani taʼkidladi.
“Biz chuqur siyosiy va ilmiy anʼanaga ega boʻlgan xalqmiz. Navoiy, shubhasiz, anʼanamizning eng muhim namoyandalaridan biridir. Bu qadrli insonni xotirlash maqsadida ushbu koʻrgazmani tashkil qildik. Ustozimiz Gunay Kutga bu yoʻldagi mehnatlari va bugungi koʻrgazmadagi ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiraman”, dedi Joshkun Yilmaz.
2024-yil Madaniyat va sanʼat boʻyicha Prezident oliy mukofoti bilan taqdirlangan faxriy professor va “Alisher Navoiy kulliyoti”ning noshiri Gunay Kut oʻzining “Alisher Navoiy: shoir, mutasavvif va davlat arbobi” nomli nutqida Navoiyning chagʻatoy turk tilining asoschisi va koʻplab asarlar yaratgan arbob ekanligiga toʻxtaldi.
“U jami 29 ta asar yaratgan. Ular orasida devonlar, masnaviy, tazkira, til va tarixga oid, diniy, axloqiy, biografik asarlar va hujjatlar bor. Bu maʼnoda Navoiy juda samarali olimdir”, dedi Gunay Kut Navoiyning koʻp qirrali shoir va yozuvchi ekanligini taʼkidlab.
Koʻrgazma 17-yanvarga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring