Turkiya chempionati: “Bashakshehir” oʻz maydonida nursiz durang oʻynadi

Kecha, 31-avgust kuni Turkiya Superligasi musobaqasining 3-tur oʻyinlari yakunlandi. Soʻnggi bahsda oʻzbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev toʻp surayotgan “Istanbul Bashakshehir” jamoasi oʻz maydonida “Eyyupspor” klubini qabul qildi.
“Istanbul derbisi”da hisob ochilmadi. Nursiz va golsiz durangdan soʻng jamoalar 1 ochkodan ishlab oldi.
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Ammo, ushbu uchrashuv Shomurodov uchun omadli oʻtmadi. U butun oʻyin davomida 20-marta toʻpga tekkan boʻlsada, faqat 70 foiz uzatmalari aniq chiqdi.
Uchrashuv davomida 12-marta yelkama-yelka kurashda qatnashgan futbolchi atigi 2 bor ushbu duellarda gʻolib chiqdi. Shundan kelib chiqib, “Sofascore” portali Shomurodovning oʻyinini 6,1 ballga baholadi. Bu ushbu oʻyinda “Bashakshehir” futbolchilariga qoʻyilgan eng yomon 3 ta bahodan biri edi.
Afsuski, oʻsha 3 ta yomon bahodan yana biri ham oʻzbekistonlik futbolchiga qoʻyildi. Oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan Abbosbek Fayzullayev 70-daqiqada Ivan Brnichga almashtirildi.
Maydonda harakat qilgan daqiqalarida Abbos 34-marta toʻpga tegindi va 65 foiz uzatmalari aniq chiqdi. Kross va uzun uzatmalarining birortasi aniq chiqmadi. Shundan kelib chiqib, “Sofascore” portali Abbosning oʻyinini 6,2 ballga baholadi.
Maʼlumot uchun, “Bashakshehir” klubi Turkiya chempionatidagi navbatdagi oʻyinini 14-sentyabr kuni “Beshiktash”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring