Turkiy xalqlar tarixida yangi bosqich: yagona alifbo tasdiqlandi
Mintaqaviy Turkiy akademiya va Turkiya tilshunoslik jamiyati tomonidan 9-11-sentyabr kunlari Boku shahrida tashkil etilgan Umumturkiy alifbo komissiyasining uchinchi sessiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi, deya xabar bermoqda Sherzodxon Qudratxoʻja.
"Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tuzilgan mazkur komissiya aʼzolarining ishtirokidagi muhim uchrashuvning asosiy maqsadi ushbu sohadagi bilim va tajriba almashish, shuningdek, komissiya tajribasi asosida turkiy tillar uchun umumiy alifbo loyihasini yakunlash edi.
Yigʻilishda 1991-yilda olimlar tomonidan taklif etilgan 34 harfdan iborat lotin asosidagi umumturkiy alifbo loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Komissiya aʼzolari keng munozara yuritib, loyihada eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlarni belgilab oldilar", deydi u.
Qayd etilishicha, muhokamalar yakuni sifatida 34 harfdan iborat umumturkiy alifbo boʻyicha umumiy kelishuvga erishildi. Alifbodagi har bir harf turkiy tillarda mavjud boʻlgan turli fonemalarni ifodalashiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring