“Turkiy dunyoda ayolning oʻrni” xalqaro konferensiyasidan koʻzlangan maqsad nima?
Foto: Халқ сўзи
Ayni kunlarda Turkiyaning nufuzli Bursa Ulugʻdagʻ universitetida 5-7-dekabr kunlari “Turkiy dunyoda ayolning oʻrni” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiyada barcha turkiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, inson huquqlarini muhofaza qiluvchi idoralarning masʼul vakillari ishtirok etmoqda.
Yigʻilishda turkiy xalqlar davlatchiligida ayollarning oʻrni, ilm-fan, madaniyat sohalarida ularning roli haqida soʻz yuritilyapti.
— Anjuman davomida turkiy xalqlarda tarixan shakllanib kelgan anʼanalar, ayollarning oila va jamiyatdagi roli, bugungi kunda ularning davlat va ijtimoiy hayotdagi oʻrni haqidagi muhim fikrlar oʻrtaga tashlanyapti. — dedi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyoti taʼlimi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Gulnoza Joʻrayeva. — Mazkur yigʻilishimizda mavjud muammolar muhokama qilinib, takliflar tinglanyapti.
Taʼkidlash joizki, konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti olimlari, filologiya fanlari doktorlari Sulton Normamatov, Margʻuba Abdullayeva, Gulnoza Joʻrayeva, Ona tili va adabiyot taʼlimi fakulteti talabasi Oʻ. Xushvaqtovalar faol ishtirok etishmoqda.
Yigʻilishning ilk kunida vakillarimiz Oʻzbekiston qonunchiligida ayollarning huquqlari, milliy davlatchiligimiz, madaniyat va sanʼatimiz tarixida muhim oʻrin tutgan nozik xilqat vakillari xususida maʼruza qilishdi.
Butun dunyoda ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish boʻyicha turli loyihalar amalga oshiriladi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida ham alohida boʻlim mazkur masalaga bagʻishlangan.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring