Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi joriy etiladi

19:00 19 Iyun 2023 Siyosat
854 0

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–194-son, 19.06.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida soddalashtirilgan bojxona yoʻlagini joriy etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.

Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?