Turarjoy binolaridagi changlarda 197 turdagi pestitsidlar topildi
Illyustrativ foto
Oʻn mamlakatdan xalqaro olimlar guruhi ishtirokida maishiy chang boʻyicha oʻtkazilgan yirik tadqiqot tashvishli natijalarni koʻrsatdi. Yaʼni butun Yevropa boʻylab turarjoy binolarida 197 xil pestitsid topilgan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Oʻrganilgan har bir xonadon yoki uyda olimlar pestitsidlar toifasiga kiruvchi 25 tadan 121 tagacha birikmalarni aniqlashdi. Ifloslanish darajasi, ayniqsa, bunday moddalar keng qoʻllaniladigan qishloq joylari va fermer xoʻjaliklarida yuqori boʻlgan.
Professor Pol Shipersning taʼkidlashicha, pestitsidlar binolarga asosan poyabzal, uy hayvonlari (ayniqsa, mushuk va itlar) juni, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari — meva, sabzavot va gullar orqali kiradi.
Aniqlangan birikmalarning taxminan 40 foizi yuqori toksik xususiyatga ega ekanligi alohida tashvish uygʻotadi. Gap onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi, endokrin tizimi faoliyatini buzishi va inson salomatligiga boshqa halokatli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar haqida ketmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring