Baliqchi tumani hokimi oʻrinbosari qamoqqa olindi

17:50 22 Avgust 2024 Jamiyat
343 0

Foto: Illustrativ

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorlikda oʻtkazgan tezkor reydda pora bilan qoʻlga olingan. Bu haqda DXX matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Maʼlum boʻlishicha Baliqchi tumani hokimligi zaxirasida boʻlgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini “E-auksion” orqali arzon narxda olib berish, qolgan 2 gektarini esa 2019-yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda berilgan.

Buning evaziga esa 30 ming AQSH dollari talab qiladi va mazkur mablagʻni olgan vaqtlarida tuman Uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bosh mutaxassisi va tibbiy xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan MCHJ xodimi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Keyinchalik aniqlanishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida, ular ushbu masalani tuman hokimining oʻrinbosari orqali hal etishlari aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

“Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tuman hokimi oʻrinbosari va Uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Sanepidqoʻmita “Maymun chechagi” kasalligi respublikamiz hududiga kirib kelish ehtimoli haqida munosabat bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер