Travel Trade Journal: “Toshkent: sevimli poytaxt va ulkan megapolis”
Hindistonning mashhur Travel Trade Journal sayyohlik jurnali oʻzining navbatdagi sonida “Toshkent: sevimli poytaxt va ulkan megapolis” sarlavhasida maqola eʼlon qildi.
Unda eʼtirof etilganidek, Toshkent 3 million aholiga ega zamonaviy va gullab-yashnayotgan megapolisdir. Oʻzbekiston poytaxti – Sharqning qadim anʼanalari va meʼmorchilikning zamonaviy yutuqlarini oʻzida hamohanglashtirgan noyob shahardir. Muallif Toshkent yildan yilga chiroy ochib, zamonaviylashib borayotganini taʼkidlab oʻtgan.
Toshkentning keng koʻchalari boʻylab sayr qilganda favvorali koʻplab yashil saylgohlar va xiyobonlar koʻzga tashlanadi.
Materialda poytaxtning diqqatga sazovor joylariga alohida toʻxtalib oʻtilgan. 365 metr balandlikdagi Toshkent teleminorasi – ulardan biri. Ushbu inshoot dunyodagi eng yirik teleminoralar qatoriga kiradi. “Uning tomosha maydoniga chiqar ekansiz, siz shaharning maftunkor manzarasidan hayratga tushasiz”, - deydi muallif toʻlqinlanib.
U Temur haykali oʻrnatilgan Amir Temur maydoni, Amir Temur muzeyi, Mustaqillik maydoni, Senat binosi, Motamsaro ona haykali, zilzila yodgorligi, Bobur va Navoiy nomidagi bogʻlar kabi goʻshalar ham poytaxt koʻrkiga koʻrk qoʻshib turgani qayd etib oʻtgan.
Hind nashri ijodkori turistlarga shinavandalar uchun hamisha ochiq turadigan Oʻzbekiston tasviriy sanʼat muzeyi, Tasviriy sanʼat badiiy galereyasi, Suratkashlar uyi, Kamoliddin Bekzod nomidagi muzey, koʻplab koʻrgazma zallariga ham tashrif buyurishni tavsiya qilgan.
Muallif Toshkent metropolitenini borib koʻrish albatta shart ekanligini aytgan. Zero, uning fikricha, bu yerdagi har bir stansiya mashhur arxitektor va dizaynerlar tomonidan yaratilgan “noyob sanʼat asarlari”ni oʻzida namoyon etadi.
Maʼlumot uchun, Travel Trade Journal Hindistondagi sayyohlik sohasiga ixtisoslashtirilgan nashrlardan biri hisoblanadi. Jurnal ushbu davlatdagi turizm kompaniyalari va operatorlari, aviakompaniyalar, biznes, madaniy-akademik doiralar va jamoatchilik oʻrtasida keng tarqalgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring