Tramp Ukraina mojarosini hal qilish jarayonidan chiqib ketishi mumkin
Illyustrativ foto
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muvaffaqiyatsiz urinishdan soʻng shu haftada Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar qildi.
Cheklovlar bank sanksiyalarini oʻz ichiga olmasligi aytildi, shuningdek, hukumat vakillari Moskvaga bosim oʻtkazishning boshqa usullarini ham muhokama qilmoqda.
Bundan tashqari, Oq uy rahbari Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi davom etayotgan hujumlar kamaymayotgani va muzokaralar jarayonining sustligidan norozi. U oʻz saʼy-harakatlari natija bermasa, mojaroni hal qilish jarayonidan chiqib ketishi mumkinligini bildirdi.
Jurnalistlar AQSH bu saʼy-harakatlardan voz kechsa nima boʻlishi va Tramp Ukrainaga harbiy yordam berishni davom ettirishi yoki toʻxtatishi haqidagi savollarga javob berilmaganini taʼkidlashgan.
Tramp mojaroni tez va qatʼiy hal etishga intilmoqda va bunga muzokaralar yoʻli bilan erishish istagini aniq namoyon qilgan. Shu bilan birga, u Rossiya hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan doimiy hujumlar uyushtirilishiga javoban Ukrainaning harbiy infratuzilmasiga aniq va keng koʻlamli zarbalar berilganidan noroziligini maʼlum qilgan.
Avvalroq AQSH Rossiyadan neft va gaz sotib oluvchi mamlakatlar uchun 500 foizlik import boji joriy qilmoqchi ekanligi va davlat Senatining 100 nafar aʼzosidan 72 tasi Rossiyadan neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uranni sotib oluvchi mamlakatlardan importga bojlar joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini maʼqullagani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring