Tramp sobiq prezidentlar suratini Oq uyning kirish qismidan olib tashladi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp sobiq prezidentlar — Barak Obama, Jorj Bush va kichik Jorj Bush portretlarini Oq uyning mehmonlar uchun yopiq qismiga koʻchirtirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, avval Oq uy kirish qismida joylashgan Obama portreti parad zinapoyasi tepasiga, prezidentning shaxsiy rezidensiyasiga olib boruvchi yopiq maydonga oʻtkazilgan. Bu hududga faqat prezident oila aʼzolari, Maxsus xizmat xodimlari va apparatning cheklangan sondagi xodimlar kira oladi.
Xabarda aytilishicha, Bushlar portretlari ham shu yerga koʻchirilgan.
Oq uy protokoliga koʻra, soʻnggi yillardagi prezidentlar portretlari bino kirish qismidagi koʻzga koʻrinarli joylarda boʻlishi kerak. Shu tariqa rasmiy tadbir mehmonlari va sayyohlar ularni koʻra oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring