Tramp: “Sakkizta urushni toʻxtatdim, endi faqat bittasi qoldi”
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina urushining davom etayotgani uni bezovta qilayotganini yana bir bor maʼlum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Amerika rahbarining aytishicha, u urushning tezroq yakunlanishiga umid qiladi.
“Bu sodir boʻladi. Men buni tez orada sodir boʻlishiga umid qilaman”, — dedi Tramp.
Undan urushning hanuz davom etayotgani uni ranjitadimi, deb soʻrashganda, Tramp bunga ijobiy javob berdi.
“Men sakkizta urushni toʻxtatdim. Endi faqat bittasi qoldi”, — dedi u.
Donald Tramp avval ham bir necha bor sakkizta mojaro boʻyicha murosaga erishganini taʼkidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring