Tramp Nobel mukofoti ilinjida Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga erishmoqchi — “Hurriyet”

Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp tinchlik yoʻnalishida Nobel mukofotini qoʻlga kiritish imkoniyatini qoʻldan boy bermaslik uchun 10-oktyabrgacha Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga erishmoqchi. Bu fikrlarni Turkiyaning “Hurriyet” gazetasining sharhlovchisi Abdulqodir Selvi aytib oʻtdi.
“Tramp Nobel mukofotiga yoʻl Gʻazo orqali oʻtishini tushundi. Nobel mukofoti gʻolibi 10-oktyabrda eʼlon qilinadi. Tramp mukofotni qoʻlga kiritish imkoniyatini qoʻldan boy bermaslik uchun bu muddatdan oldin oʻt ochishni toʻxtatishga harakat qilmoqda”, — deydi u.
Shu yilning 6-oktyabr kuni Misrda Isroil va HAMAS delegatsiyalarining rasmiy aloqalari boshlandi. Bungacha Falastinning HAMAS harakati rahbariyati AQSH prezidenti tomonidan taklif qilingan reja shartlarini bajarishga tayyorligini maʼlum qilgan edi. Bu shartlar barcha garovga olingan isroilliklarni ozod qilishni ham nazarda tutadi.
AQSH rahbari bu bayonotga javoban Isroilni mahbuslarning xavfsiz ozod etilishini taʼminlash uchun Gʻazo sektoriga hujumlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi.
Bungacha amerikalik olimlar Jon Klark, Mishel Devore, Jon Martinis kvant mexanikasidagi kashfiyotlari uchun fizika boʻyicha, amerikalik olimlar Meri Brunkov, Fred Ramsdell hamda yapon olimi Shimon Sakaguchi immunitet tizimining tananing oʻz hujayralariga hujum qilishiga nima toʻsqinlik qilishini kashf etgani uchun fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga sazovor boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring