Tramp Grenlandiya va Venesuelaga nisbatan daʼvolarini eslatdi

11:50 10 Fevral 2026 Dunyo
295 0

AQSH prezidenti Donald Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasiga fotomontaj qilingan navbatdagi provokatsion tasvirni joylashtirdi.

Unda, Oval xonada oʻtirgan Tramp va uning roʻparasida tasvirlangan bir nechta Yevropa davlatlari rahbarlari aks etgan.

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu fotomontaj orqali yaratilgan fotosurat orqa fonida Amerika xaritasi tasvirlangan boʻlib, unda Grenlandiyaning katta qismi AQSH bayrogʻi ranglarida boʻyalgan. Shuningdek, Venesuela ham AQSH taʼsiri ostidagi hudud sifatida tasvirlangan.

Tahlilchilarning fikricha, Oq uy rahbari bu harakati orqali boshqa hududlarga nisbatan davolaridan kechmaganiga ishora qilmoqda. Bu esa Yevropa mamlakatlarini yanada xavotirga qoʻyadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер