“Toza hudud”ga yangi texnikalar topshirildi

10:21 22 Iyul 2025 Jamiyat
83 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, hududlar tozaligi yuzasidan murojaatlarni vaqtida hal etish maqsadida “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Samarqand viloyati tumanlaridagi filiallariga maxsus transport vositalari topshirildi.

Zamonaviy chiqindi tashuvchi texnikalarini topshirish marosimida qatnashgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev korxonalarga berilayotgan maxsus xizmat avtomashinalari ish samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, hududlarni toza va orasta saqlash imkoniyatini berishini taʼkidladi.

Ushbu texnikalar “ISUZU” brendi ostida “Samarqand avtomobil zavodi”da yigʻilgan boʻlib, ularning sifat darajasi Yevropa standartlariga toʻla javob beradi hamda aholiga uzoq yillar sifatli xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.

“Maroqand obod” korxonasiga Samarqandning eski shahar qismidagi tor koʻchalarda harakatlanishga qulay boʻlgan chiqindi yigʻish motorollerlari ham topshirildi. Bu esa sayyohlar koʻp uchraydigan qadimiy koʻchalar va guzarlarni ozoda saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi texnikalar, avvalo, viloyatda chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер