“Toshkent—Samarqand” pulli avtomobil yoʻlini qurish loyihasi ishlab chiqildi

16:10 11 Dekabr 2023 Jamiyat
721 0

Yoʻlning umumiy uzunligi 305 kilometrni tashkil qilmoqda. Avtomobil yoʻli 6 tasmali “Avtomagistral” talablari asosida quriladi. Shuningdek, hamma tutashma va inshootlar ustidan yangi koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar qurish hamda intellektual transport tizimini oʻrnatish koʻzda tutilgan.

“Toshkent—Samarqand” pullik avtomobil yoʻli qurilishi natijasida harakat jadalligi taqsimlanishiga olib keladi. Yoʻl qoplamasining yuk koʻtarish qobiliyati xalqaro standartlar boʻyicha 13 tonna hisobida amalga oshiriladi hamda avtomobil yoʻlining xizmat qilish muddati 25 yil etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?