Toshkentga yana 1000 ta avtobus olib kelinishi mumkin
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning “Yutong Bus” kompaniyasi xalqaro marketing boʻyicha vitse-prezidenti Syuy Pen bilan uchrashdi. Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Uchrashuvda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, harakat tarkiblarini yangilash va elektrobuslar sotib olish masalalari muhokama qilindi. Bunda Toshkent shahri uchun mingta avtobus va 200 ta elektrobus sotib olish boʻyicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, xususiy tadbirkorlar uchun elektrobuslarni sotib olishda qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham koʻrib chiqildi. Transport vaziri kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobuslar soni oshayotganini inobatga olib, servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shahzoda ERGASHEVA,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring