Toshkentdagi yana bir koʻchada transport harakati toʻxtatiladi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Beshqayragʻoch koʻchasi kesishmasidan Beruniy koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalish transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi qurilish-montaj ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yoʻlining Beshqayragʻoch koʻchasi kesishmasidan Beruniy koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalish qismi 25-iyul 15:00 dan 28-iyul 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
“Koʻrsatilgan davr mobaynida muqobil yoʻnalishlardan foydalanishingni tavsiya qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz” — deyiladi hokimlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring