Toshkentdagi maktablardan birida yongʻin chiqdi

Videodan kadr
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan maktablardan birida yongʻin sodir boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa boʻyicha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 13-oktyabr kuni soat 17:23 da Toshkent shahar FVBga “112” tizimi orqali Mirzo Ulugʻbek tumani “Shukur Burxonov” MFY “Doniyor” koʻchasida joylashgan 208-maktab hududidagi taʼmirlanayotgan boʻsh binoning tom qismida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:28 da yetib borib, soat 17:39 da alangani qurshab olgan hamda 17:42 da bartaraf toʻliq etgan.
Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea sodir boʻlgan vaqtda binoda maktab xodimlari va oʻquvchilar boʻlmagan.
Hodisaning sababi taʼmirlash ishlari vaqtida yongʻin xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganlikdan deya taxmin qilinmoqda. Hozirgi vaqtda yongʻin tufayli koʻrilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring