Toshkentdagi koʻp qavatli uyda 2,5 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Foto: Energetika vazirligi
Toshkent shahridagi koʻp qavatli uyda 2,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Bektemir tumanida “P.K.R.” MChJga qarashli koʻp qavatli uyning elektr qurilmalari oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 543 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring