Toshkentdagi koʻchalardan biri vaqtincha yopildi

15:18 02 Iyul 2025 Jamiyat
154 0

Poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biri 3 kunga yopildi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʻlum qilinishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasi kapital taʼmirlanmoqda va zamonaviy infratuzilmaga ega turizm koʻchasiga aylantirilmoqda.

Qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida Sodiq Azimov va “Oʻzbekiston ovozi” koʻchalari kesishmasida bugun, 2-iyul soat 12:00 dan 5-iyul soat 08:00 gacha avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Ushbu kesishmadan oʻtuvchi 60-sonli avtobus yoʻnalishi harakati borishda ham, qaytishda ham Shahrisabz koʻchasi orqali tashkil etiladi.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va barcha haydovchi hamda yoʻlovchilardan vaqtincha cheklovlarga tushunish bilan yondashishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер