Toshkentdagi xususiy maktablardan birida oʻquvchining sochi direktor tomonidan majburlab olib tashlandi

19:26 03 May 2025 Jamiyat
330 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi xususiy maktablardan birida oʻquvchining sochi direktor tomonidan majburlab olingani haqida videotasvirlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirdagi holat 2025-yilning 28-aprel kuni “Sharjah school” xususiy maktabida sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha 7-sinf oʻquvchisi J.G. sochini oldirish haqida maktab maʼmuriyati tomonidan bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, maktab ichki tartib-qoidalariga boʻysunmagan holda sochlari oʻsgan holda kelishni davom ettirgan.

Joriy yilning 27-aprel kuni oʻquvchining ota-onasi maktabga chaqirtirilgan va ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Suhbat davomida oʻquvchining ota-onasi tomonidan ertaga farzandi maktabga sochi olingan holda kelishi, aks holda uning sochini olishga ogʻzaki rozilik bildirishgan.

Ertasi kuni, yaʼni, 28-aprelda oʻquvchi J.G. maktabga sochining ikki yon tomoni olingani, lekin oldi tomoni olinmagan holda kelgan. Shundan soʻng, maktab direktori D.M. taekvondo murabbiyi D.A. ga oʻquvchi J.G. ning sochini olish boʻyicha topshiriq bergan.

“Bundan norozi boʻlgan oʻquvchining ota-onasi joriy yilning 29-aprel kuni maktabga shikoyat qilib kelishgan. Shu kuni maktab direktori D.M., maktab psixologi M.F., taekvondo murabbiyi D.A. lar oʻquvchi J.G. ning uyiga borib, sodir boʻlgan holat yuzasidan oʻquvchi va uning ota-onasidan uzr soʻrashgan. Maktab psixologi tomonidan esa oʻquvchi J.G. bilan suhbat oʻtkazilgan”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Shuningdek, hozirda mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilayotgani maʼlum qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер