Toshkentdagi xususiy klinikada operatsiyadan keyin 9 yoshli bola vafot etdi
Toshkent shahridagi “Paeonnis” xususiy klinikasida 9 yoshli bola operatsiyadan keyin vafot etdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, bola 25-avgust kuni olamdan oʻtgan.
Bir hafta oldin u shu klinikada tibbiy koʻrikdan oʻtgan. Keyinchalik u burun boʻyicha operatsiya (rinoplastika) qilingan va undan soʻng hayotdan koʻz yumgani aytilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring