Toshkentda “Jiguli” va “Matiz” avtomobillari toʻqnashib ketdi
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida ikkita yengil avtomobil toʻqnashib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 3-dekabr kuni soat 20:30 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumani Mahtumquli koʻchasida haydovchisi 1988-yilda tugʻilgan “Jiguli” 2000-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Matiz” bilan toʻqnashib ketgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikkala haydovchi ham tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring