Toshkentda yana bir avtobus piyodani urib yubordi
Videodan kadr
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yoʻlovchi tashuvchi avtobus piyodani urib yubordi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18-sentyabr kuni soat 20:00 larda Yakkasaroy tumani KHAY koʻchasida “YUTONG” rusumli avtobus haydovchisi yoʻlning belgilangan qismidan harakatlanib oʻtayotgan 36 yoshli piyodani urib yuborgan.
YTHdan soʻng haydovchi zudlik bilan avtobus harakatini toʻxtatib, piyodani 16-sonli RShTTYoIMga olib borgan va unga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 19-sentyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanida avtobus haydovchisi 18 yoshli piyodani bosib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring