Toshkentda turar joy binosi yonib ketdi

Videodan kadr
Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan turar joy binolaridan birida yirik yongʻin yuz berdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 25-sentyabr kuni soat 13:51 da Chilonzor tumani Beshqoʻrgʻon koʻchasida shaxsiy xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 13:54 da voqea joyiga yetib borib, 14:12 da alangani qurshab olgan va 14:30 da bartaraf qilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar tushmagan. Vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring