Toshkentda “Tez yordam” mashinasi harakatini onlayn kuzatib borish yoʻlga qoʻyildi

Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan ilk bor “103” brigadalari harakatini real vaqt rejimida onlayn kuzatib borish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tajriba-sinov loyihasiga koʻra, endilikda poytaxt aholisi tez tibbiy yordam brigadalarining qayerda ekanligi va qancha vaqtda chaqiruv manziliga yetib borishini onlayn kuzatib turishlari mumkin.
Mazkur loyiha “Yandex Uzbekistan” kompaniyasining texnologik yechimi asosida amalga oshirilib, “103” brigadasi harakatlari brauzerda elektron xarita orqali, yaqin kelajakda esa “Yandex Go” mobil ilovasi yordamida kuzatib boriladi.
Aniqlik kiritilishicha, “Tez yordam”ga murojaat qilingandan soʻng, tizim avtomatik ravishda brigadaning harakati real vaqt rejimida koʻrsatiladigan elektron xaritaga havola orqali SMS-xabar yuboradi.
Loyihaning keyingi bosqichida foydalanuvchilar “Yandex Go” mobil ilovasidan brigadaning joylashuvi va uning taxminiy kelish vaqti toʻgʻrisida push-bildirishnoma orqali xabar oladi. Qolaversa, ushbu maʼlumotni toʻgʻridan-toʻgʻri ilova orqali ham olsa boʻladi.
“Ushbu yangilik, eng avvalo, tez tibbiy yordam tizimida shaffoflikni taʼminlash va dispetcherlarning ish yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi. Hozirda bu yechim Toshkent shahrida shoshilinch chaqiruvlar uchun amal qiladi, biroq keyinchalik loyihani kengaytirishni maqsad qilganmiz”, deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov.
Taʼkidlanishicha, Respublika tez tibbiy yordam markaziga mamlakat boʻylab har kuni oʻrtacha 40 mingga yaqin chaqiriq kelib tushadi. Ularning 60 foizini esa shoshilinch murojaatlar tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring